Qozog‘iston yadro quroli tarqalishiga mutlaqo qarshi

Qozog‘iston Oliy Majlisi Yadro qurolini tarqatishga qarshi xalqaro Shartnomani ratifikatsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston parlamenti matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ushbu Shartnoma 2017 yilda BMT ning Nyu-Yorkdagi bosh shtab-kvatirasida qabul qilingan. Shartnomaning qabul qilinishiga sabab dunyoda yadro qurollarining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikni huquqiy tarafdan hujjatlashtirib qo‘yish bo‘lgan. Shu tufayli ham ushbu Shartnomaga qo‘shilayotgan har bir mamlakat parlamenti uni ratifikatsiya qilib qo‘yishi lozim bo‘ladi.

Shartnomada uni 50 ta davlat parlamenti ratifikatsiya qilganidan qonuniy kuchga kirishi belgilab qo‘yilgan. Hozirgacha ushbu Shartnomaga dunyoning turli qit’alaridan 70 davlat qo‘shilgan va ulardan 23 nafari shartnomani ratifikatsiya qilgan.