Qozog‘istonda ayol kishi prezident bo‘ladimi? Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin

Qozog‘iston Markaziy Saylov Komissiyasi(MSK) bugun mamlakat tarixida birinchi marta prezidentlikka nomzod sifatida ayol kishini ro‘yxatga oldi.

Bu haqda Qozog‘iston MSK axborot xizmatiga tayanib RIA Novosti xabar berayapti.

Qo‘yi palata deputati

Qo‘yi palataga  "Ak jol" (Svetliy put, Oq yo‘l) partiyasidan deputat etib saylangan Daniya Yespayeva 9 iyunda prezidentlik saylovida mamlakat rahbarligi uchun kurashib ko‘radi.

Yespayeva 58  yoshda. Mutaxasisligi iqtisodchi. U uzoq yillar bank sohasida xizmat qilgan. 2016 yilda "Ak jol" partiyasidan deputat bo‘lib saylangan.

2015 yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda birdaniga ikkita ayol, Limana Koyshiyeva i Aygul Utepovalar savlovda o‘z nomzodlarini qo‘yishlari haqida bayonot bergan edilar. Ammo o‘shanda ularning nomzodi MSK talablari darajasida qo‘llanmagan va shu tufayli MSK ularning nomzodini ro‘yxatga olmagan edi. MSKning talabiga ko‘ra, prezidentlikka nomzodlar saylovchilarning 1% miqdoricha qo‘llovga ega bo‘lsagina ularning  nomzodi ro‘yxatga olinadi.

Yespayeva ana shu miqdordagi saylovchilar qo‘lloviga erishdi va MSK uning nomzodini ro‘yxatga oldi. Qani ko‘ramiz, Yespayeva saylovda qanday natija ko‘rsatarkin? Balki u prezident bo‘lib ketar.