Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlandi
- 13.07.2020 13:45
- 123
- COVID-19
Qozog‘istonda 13 iyul sanasi koronavirus qurbonlari xotirasi uchun motam kuni, deb e’lon qilingan. Mamlakatda barcha bayroqlar tushirilgan, radio va teleefirlardagi reklamalar va ko‘ngilochar davturlar bekor qilingan, davlat tashkilotlari va OAV saytlari oq-qora ranga o‘tkazilgan.
Koronavirus pandemiyasi qurbonlari xotirasiga e’lon qilingan umumxalq motam kuni Nur-Sulton shahri vaqti bilan soat 12:00 (Toshkent vaqti 11:00)da mamlakat bo‘ylab bir daqiqa sukut saqlash e’lon qilindi.
Davlat rahbari Qosim-Jo‘mart Toqayev va boshqa mansabdor shaxslar koronavirus qurbonlari oila a’zolariga hamdardlik bildirishdi.
13 iyul holatiga mamlakat bo‘ylab 58 253 nafar koronavirus holati qayd etilgan. 34 ming bemor sog‘aygan va 375 nafar bemor vafot etgan.