Qozog‘istonda reklamada rus tilidan majburiy foydalanish bekor qilindi
Qozog‘iston parlamenti Majilisi (quyi palatasi) deputatlari Senat (yuqori palata) deputatlarining ko‘rgazmali ma’lumotlarga oid qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar loyihasiga qo‘shimcha kiritishni ma’qullashdi. Endi u davlat rahbariga imzolash uchun yuboriladi.
Avvalroq, parlament deputati Berik Abdigaliuli qonun loyihasi bilan ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlarining an’anaviy, tarixan shakllangan qozoqcha nomlari, shuningdek, boshqa geografik ob’yektlar, shakl va belgilarni davlat (qozoq) tilida tavsiflashga qaratilgan normalar kiritilgani haqida ma’lum qilgandi. Bundan rus va boshqa tillar zarur bo‘lgani istisnodir.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq blankalar, belgilar, reklama va boshqa ko‘rgazmali ma’lumotlar qozoq va rus tillarida, zarur hollarda esa boshqa tillarda taqdim etiladi. Vizual axborotning barcha matnlari quyidagi tartibda joylashtiriladi: chap yoki yuqorida - davlat tilida, o‘ngda yoki pastda - rus tilida, bir xil o‘lchamdagi harflar bilan yoziladi.