Qozog‘istonda reklamada rus tilidan majburiy foydalanish hamda o‘lim jazosi bekor qilindi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev reklama, panno va boshqalarda qozoq tilidan foydalanish zaruriyatini kuchaytiruvchi vizual axborotga oid qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritdi, deb xabar qildi 29 dekabr kuni prezident matbuot xizmati.
Qabul qilingan o‘zgartishlardan so‘ng ma’muriy-hududiy binolar, aholi punktlari, shuningdek, boshqa geografik ob’yektlarning an’anaviy, tarixan shakllangan qozoqcha nomlari, shakl va belgilarini davlat (qozoq) tili (va zarur hollardagina rus tili) da taqdim etishga qaratilgan normalar Qonunchilikka kiritilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Qozog‘iston prezidenti ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Dauren Abayev ushbu qonun loyihasini sharhlar ekan, respublikada tashqi reklamada «rus tiliga qarshilik» haqidagi iddaolarga qo‘shilmasligini ma’lum qildi. Rasmiyning ta’kidlashicha, “hech kim rus tilini bekor qilmoqchi emas, biz faqat qozoq tilini majburiy qilamiz. Agar yozuvda ikki yoki uch til bo‘lsa, bunga e’tiroz yo‘q”.
Qozog‘istonda davlat tili - qozoq tilidir. Davlat tashkilotlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarida qozoq tili bilan bir qatorda rasmiy ravishda rus tili ham qo‘llaniladi.
O‘lim jazosi bekor qilindi
Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar mamlakat prezidenti Qosim Jo‘mart-To‘qayev tomonidan imzolandi. Shu bilan birga, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlar shartli ravishda muddatidan oldin ozodlikka chiqishdan mahrum qilindi.
Qozog‘iston mustaqilligi e’lon qilinganidan beri u yerda 500 dan ortiq o‘lim jazosi ijro etilgan. O‘lim jazosi Jinoyat kodeksining 17-moddasida nazarda tutilgan. 2003 yilda prezident Nursulton Nazarboyev hukmlarni ijro etishga muddatsiz moratoriy kiritgan edi.
2021 yil dekabr oyida parlament quyi palatasi 17 moddadan 13 tasi bo‘yicha o‘lim jazosini bekor qilishni taklif qildi, biroq davlat rahbari keskinroq choralar ko‘rishni talab qildi.