Qozog‘istondan koronavirus testlarini olib o‘tishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Joriy yilning 20 iyul kuni Turkiston viloyati Sariagash tumani bojxona punkti orqali 3,6 million tanga miqdoridagi 952 dona koronavirusni tekshirish uchun mo‘ljallangan testni (56 quti) O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy olib kirishga uringan shaxs qo‘lga oldi.

Haydovchining so‘zlariga qaraganda, ushbu tibbiy vositalar Rossiya Federatsiyasi hududida sotib olingan. Lekin chegaradan olib o‘tish uchun tegishli bojxona hujjatlari rasmiylashtirilmagan.

Ushbu fakt bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan, deb xabar berdi "Kazinform" nashri.