Qurbon hayiti kuni Samarqandda jamoat transporti 1 soat vaqtli ish boshlaydi

Qurbon hayiti munosabati bilan 9 iyul kuni Samarqand shahri aholisiga qulayliklar yaratish hamda hayit namozini ado etish maqsadida kishilarning masjidlarga vaqtida yetib olishini ta’minlash uchun jamoat transportlari o‘z harakatini odatdagidan 1 soat oldin boshlaydi.

Bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan 10, 11 va 12 iyul kunlarida esa odatiy tartibda harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida Qurbon hayiti namozi o‘qilishi belgilangan 22 ta masjid joylashgan ko‘cha hamda unga tutash ko‘chalarda hayit namozi o‘qib bo‘lingunga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati.