"Quyonlar dam olyapti" degan shaxs va uning sheriklari karantin tartib-qoidalarini buzganliklari uchun 15 sutkaga qamaldi

Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi, 14 aprel kuniga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq 59 921 ta holat aniqlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

13 aprel kuni Kogon shahar, Amirobod ko‘chasida joylashgan “Amirobod qurilish effekt” MChJ binosida Buxoro shahar, Abdurahmon Jomiy ko‘chasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan M.X., R.X., A.B., E.R., Tong ko‘chasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan A.M., Piridastgir ko‘chasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan U.X., Burqut ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan Sh.K., G‘ijduvon tumani, Qoraxon mahallasi, Dukak qishlog‘ida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan F.X., Vobkent tumani, Shodlik ko‘chasida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan Sh.D. va Do‘stlik mahallasi, Rabotbolo qishlog‘ida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan B.X.lar karantin vaqtida bir joyga to‘planib, spirtli ichimlik ichib, karantin qoidalarini buzganliklari aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilganlar.