Quyosh to‘g‘risida hayratlanarli ma’lumotlar

Quyosh biz uchun eng yaqin yulduz bo‘lishiga qaramay, u hali ham o‘zida juda ko‘p sirlarni saqlaydi. Quyida quyosh haqida ayrim ma’lumotlarni sanab o‘tamiz.

🔹 Quyoshning galaktika markazi Somon yo‘li atrofi bo‘ylab aylanib chiqish tezligi soatiga taxminan 240 kilometrni tashkil qiladi. Quyoshning o‘rtacha diametrini (1.392.000 km) hisobga olsak, u 1,5 soatdan ziyod vaqtda o‘z o‘lchami hajmida joyini o‘zgartiradi, umuman olganda bu juda past tezlik, ayniqsa sprinter-yulduzlarni hisobga olganda.

10 удивительных сведений о нашем Солнце

🔹 Barcha sayyoralar quyosh atrofida aylanadi degan nazariyani ba’zi faylasuflar bizning davrimizdan oldin ham ilgari surishgan. Biroq koinotdagi biron bir jism boshqa birining atrofida aylanmaydi. Xususan, yer ham quyosh atrofida aylanmasdan umumiy massa markazi atrofida aylanadi. Yer massasi quyosh massasi bilan taqqoslaganda, ahamiyatsiz ekanligi sababli bu massa markazi deyarli yulduzlar markaziga to‘g‘ri keladi (masalan, massa markazi quyosh chegaralaridan chiqib ketadigan ulkan Yupiterdan farqli).

10 удивительных сведений о нашем Солнце

🔹 Quyosh aslida sariq emas. Yer atmosferasi uni sariq qilib ko‘rsatadi. Agar Quyoshga kosmosdan qarasangiz, u oq rangga ega bo‘ladi.

10 удивительных сведений о нашем Солнце

🔹 Quyosh nurlari yerga 8,3 daqiqada yetib keladi.

🔹 Quyosh asosan vodorod (massaning 72 foizi) va geliydan (massaning 25 foizi) iborat. Vaqt o‘tishi bilan vodorod yonib, termoyadro sintezi orqali geliyga, so‘ngra boshqa elementga aylanadi. Vodorod tugasa, Quyosh yo‘q bo‘lib ketadi.

10 удивительных сведений о нашем Солнце

🔹 Taxminan 8 milliard yildan so‘ng quyosh sariq mitti narsadan qizil gigantga aylana boshlaydi. U hajmi kattalashib boradi va qobig‘i yer orbitasigacha yetib keladi. Shundan so‘ng qobiq yirtiladi va yana milliard yil davomida asta-sekin sovib, oq mittiga aylanib qoladi.

10 удивительных сведений о нашем Солнце

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.