Registon hamda Imom Buxoriy majmualari oliy toifali ob’yektlar sifatida ro‘yxatga kiritildi
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi «Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Samarqand viloyati markazidagi 24 ta, shahar va tumanlar hududidagi 54 ta ob’yektlar konstruksiyasi mustahkamligi, sig‘imi, jihozlanganligi va xavfsizlik talablariga javob berishini inobatga olib, viloyatimizdagi bir qator ob’yektlar ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazish ob’yektlari sifatida ro‘yxatga kiritildi.
Jumladan, Registon hamda Imom Buxoriy majmualari, Sportning o‘yin turlar va yengil atletika bo‘yicha IBSO‘M, “Dinamo” o‘yingohi, Samarqand viloyati eshkak eshish sport maktabi kabi sport inshootlari oliy toifali ob’yektlar sifatida ro‘yxatga kiritildi. Shuningdek, viloyat markazi, shahar va tumanlar hududidagi madaniyat va san’at saroylari, teatrlar, kinoteatrlar, istirohat bog‘lari, restoranlar va sport inshootlarida ham ommaviy-madaniy va ijtimoiy-siyosiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi.