Registon maydoni atrofida ham bayramona dasturlar tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “Sharq taronalari” festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha ilk matbuot anjumani o‘tkazildi.

“Bu yilgi festivalda dunyoning 78 davlatidan 293 ishtirokchi qatnashishi kutilyapti. Bu raqamlar hali yana o‘zgarishi mumkin”, - deyildi tadbirda.

“Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali o‘tadigan kunlarda Registon maydoni atrofida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri san’atkorlari tomonidan konsert dasturlari, shuningdek, milliy cholg‘u asboblari, hunarmandlik buyumlari ko‘rgazmalari ham namoyish etiladi.