Respirator va niqoblar havo o‘tkazmay o‘pkani quritadimi?
- 15.09.2020 19:10
- 252
- Salomatlik
Ushbu savolga AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov javob berdi.
➖ Niqoblar asosan bar’yer, ya’ni to‘siq vazifasini bajaradi. Bemor odam aksirganda, yo‘talganda havoga tarqatadigan mayda zarrachalarni to‘sib qoladi. Lekin havoni bemalol o‘tkazadi.
Karbonat angidriddan zaharlanib qolish mumkin, degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri. Masalan, hozirgi kunda COVID-19 infeksiyasi bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlari soatlab niqobni yechmay bemorlarga qarashadi.
Albatta, niqoblardan to‘g‘ri foydalanishga ahamiyat berish kerak, ya’ni ularni har 2 soatda almashtirib turish lozim.