Respublika muzeylari fondida O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq 2,5 mln.dan ziyod noyob ashyo va kolleksiya saqlanadi
- 19.05.2023 09:36
- 148
- Madaniyat

Joriy yilning 25-26 may kunlari Samarqand shahrida Madaniy meros agentligi va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida “Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar” xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.
Hozirgi kunga qadar Milliy muzey fondining davlat katalogiga davlat muzey va muzey-qo‘riqxona hamda uy-muzeylaridan jami 1,2 mln.ga yaqin muzey ashyolari kiritilgan.
“Milliy merosga mening hissam!” aksiyasi doirasida bugungi kunga qadar aholidan jami 3 811 ta ashyo va buyumlar to‘plangan. Shundan, 3 400 ta ashyo va buyumlar aholi tomonidan muzeylarga beg‘araz topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “Ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilingan va keluvchilarga bepul etib belgilangan.