Reydda 1791 nafar haydovchiga jarima qo‘llanildi

Unda "O‘zavtodaryotrans" viloyat bo‘limi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi, IIB YXB xodimlari, tuman, shaharlardagi transport xizmati ko‘rsatuvchi korxonalarning rahbar va hisobchilari ishtirok etdi. 

Ta’kidlandiki, joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida tanlov asosida tekshirilgan 8 ta korxonada mijozlarga 922 ming so‘mlik kassa chekini bermaslik, tushumlarni bank kassasiga topshirmaslik va to‘lov terminalidan foydalanmaslik holatlari aniqlangan. Natijada, bunday korxonalarga 35,9 million so‘mlik moliyaviy va ularning rahbarlariga 7,1 million so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. 

– Tahlillarga ko‘ra, hozirda viloyatda 130 avtotransport korxonasida 4144 ta yo‘nalishsiz taksi faoliyat yuritib, ularning 1991 tasi (48 foiz) nazorat kassa mashinalariga ega va soliq inspeksiyalarida ro‘yxatdan o‘tgan, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Z.Norqo‘ziyev. – Yilning o‘tgan davridagi kameral nazorat tekshirishlarida to‘lanmagan 1,2 milliard so‘m soliq qo‘shimcha undirildi. Yil boshidan buyon o‘tkazilgan reyd tadbirlarida 1791 nafar jismoniy shaxsning noqonuniy faoliyati aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan 1,3 milliard so‘mlik ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rildi.