Robotlar isyoni
Robotlar doim ham odamning aytganini qilavermaydi. Ba’zan ular dahshatli raqibga aylanadi. Ya’ni, oldindan dasturlashtirilgan boshqaruv mexanizmi pand berib qo‘yadi. Buning oqibati ayanchli bo‘ladi...
1980 yilda Tokioda yirik sanoat ilmiy xodimi Kenzi Urada "aqlli mashina"lardan birini ta’mirlayotgan edi. Elektron mexanizmlardan biri ishlamay qoldi. Robotning ulkan qo‘li muhandisning boshiga tushib uni majaqlab tashladi. Yugurib kelgan xodimlar hech qanday yordam berolmadi. Temir «qo‘l» faqat o‘z dasturiga bo‘ysunardi.
2019 yil Arizonada haydovchisiz avtomobil «Uber» qorong‘ida ko‘chani kesib o‘tayotgan ayolni bosib ketdi. Bunday hodisalar Avstriya poytaxti Venada yo‘lovchi tashish robot avtobuslari bilan ham sodir bo‘ldi. Hokimiyat ulardan foydalanishni to‘xtatdi.
Ishkal shundaki, robotlar bajaradigan ish elektron tizimda dasturlashtiriladi. Favqulodda holatlar paydo bo‘lganda ushbu dasturlar avtomatik rejimga o‘tib, mustaqil ishlay boshlaydi.
T.Shomurodov tayyorladi.