Rossiya-Afrika sammiti: Zimbabve Rossiyaning tekin donidan bosh tortdi

Rossiya-Afrika sammitining birinchi kuni Sankt-Peterburgda nihoyasiga yetdi, u yerda 49 ta Afrika delegatsiyasi, jumladan, 17 davlat rahbari shimoliy poytaxtga yetib keldi. Taqqoslash uchun: 2019 yilda sammitga 43 ta Afrika yetakchisi kelgan.

Mehmonlar oldida so‘zlagan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Moskva o‘tgan hafta uzgan va shu bilan Ukraina g‘allasining Istanbul orqali eksportini to‘xtatgan g‘alla bitimi muvaffaqiyatsizligida yana G‘arbni aybladi.

Rossiya prezidenti oltita Afriga davlati – Burkina-Faso, Zimbabve, Mali, Somali, Markaziy Afrika Respublikasi va Eritreyaga 25 ming tonnadan 50 ming tonnagacha g‘allani tekin yetkazib berishga va’da berdi.

Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva Rossiya prezidentiga minnatdorchilik bildirgan bo‘lib, Xarare qo‘shimcha donga muhtoj emasligini aytgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Vladimir Putin muruvvati ushbu mamlakatlarga Ukraina g‘allasini sotib olishdan ko‘ra o‘nlab million dollarga qimmatga tushishi mumkin: “sovg‘a” butun oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojni qoplamaydi, qolganini esa g‘alla bitimi uzilgan bir paytda qimmat narxda sotib olish kerak bo‘ladi.

Afrika Ittifoqining ta’kidlashicha, Afrika davlatlarining ustuvor yo‘nalishi aynan g‘alla bitimini qayta tiklashdir, chunki "oqibati butun dunyoga, ayniqsa Afrikaga ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda ta’sir qiladi".