Rossiya bosh vaziri bugun O‘zbekistonga keladi
- 09.09.2024 09:35
- 129
- O‘zbekiston
Joriy yilning 9-10 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keladi.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa ob’yektlarga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.