Rossiya deputati xotinini otib o‘ldirdi
- 21.08.2019 16:01
- 254
- Xorij

Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk oblasti Lokomotiv shahar kengashi deputati xotinini otib o‘ldirdi. Bu haqda Lenta nashri xabar berdi.
Qotillik 21 avgust kuniga o‘tar kechasi ro‘y bergan. Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin o‘rtasida janjal yuz bergan, natijada deputat ov miltig‘idan turmush o‘rtog‘iga qarata bir necha bor o‘q uzgan. Oqibatda ayol hayotdan ko‘z yumgan.
Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lga olingan deputat Lokomotiv shahar okrugi majlisida ijtimoiy siyosat bo‘yicha komissiyaga rahbarlik qilgan va mahalliy shifoxona bosh shifokori bo‘lgan.
Teglar:
Rossiya
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Savobning javobi
- Kecha, 18:47
- Mutolaa
Musulmonlarning dunyoga bergan ixtirolari
- Kecha, 18:37
- O'qing, qiziq!
Polsha ta’lim vaziri Prezident maktabida bo‘ldi
- Kecha, 17:46
- Ta’lim
“Men Markaziy Osiyo fuqarosiman”
- Kecha, 17:42
- Jamiyat