Rossiya Yevropada mahbuslar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda: bir nafar mahbus uchun kuniga 2.5 yevrodan kamroq mablag‘ sarflanadi
Rossiya aholi soniga hisoblaganda mahbuslar soni bo‘yicha Yevropada 1-o‘rinda turibdi. Bu haqda Lozanna Universiteti ekspertlarining Yevropa kengashi uchun tayyorlagan hisobotida e’lon qilingan, deya yozadi «Vedomosti».
O‘sha hisobotga ko‘ra, 2017 yilda Rossiyada 100 ming aholiga 418,3 nafar mahbus to‘g‘ri kelgan. Bu qo‘shni davlatlar Gruziya (100 ming aholiga 252 kishi) va Ozarbayjondan (235) bir yarim barobar ko‘p. Yevropada o‘rtacha mahbuslar soni 100 ming aholiga 102.5 nafar mahbus to‘g‘ri keladi va Rossiyada aholi soniga hisoblanganda Yevropadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan to‘rt barobar ko‘proq mahbus bor.
2018 yilda Rossiyada mahbuslar soni ancha ortgan va ularning umumiy soni 602 176 kishini tashkil etgan. Bu Yevropaning boshqa istalgan davlatidagi mahbuslar sonidan ko‘p. Hatto Chernogoriyaning aholisi soniga teng. Keyingi o‘rinlarni esa Buyuk Britaniya (84 373 mahbus), Polsha (73 822) va Fransiya (69 596 mahbus) egallagan.
San-Marino (100 ming aholiga 18 nafar), Lixtenshteyn (31,5) va Islandiya (47) lar Yevropada aholi soniga hisoblanganda eng kam mahbuslari bor davlatlari hisoblanishadi.
Rossiyada mahbuslarning aksariyati 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosini o‘taydi, 1 foizdan kamroq qismi esa umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan. Rossiyada eng ko‘p uchraydigan jinoyatlar giyohvand moddalar savdosi, qotillik, hujum va talonchilik hisoblanadi.
Hisobot mualliflari, shuningdek, Yevropaning turli davlatlarida mahbuslar uchun qancha mablag‘ sarflanayotganini ham hisoblab chiqishgan.
Yevropada bir nafar mahbus uchun o‘rtacha 66.5 yevro sarflanadi. Mahbuslar uchun eng ko‘p sarflaydigan davlatlar, bular: Shvetsiya (kuniga 380 yevro), Norvegiya (283,5 yevro) i Niderlandiya (244 yevro).
Rossiya esa mahbuslarga sarflanayotgan mablag‘ ko‘rsatkichi bo‘yicha eng pastki o‘rinlarda turadi. Bu yerda bir nafar mahbus uchun kuniga 2.5 yevrodan kamroq mablag‘ sarflanadi.
MDH davlatlarining ayrimlaridagi ko‘rsatkich qo‘yidagicha: Bir nafar mahbusga bir kunda Ozarbayjonda, – 6 yevro, Moldaviyada – 9,4 yevro, Gruziyada – 11,7 yevro sarflanadi.
Rossiya faqat bir ko‘rsatkich bo‘yicha 1-o‘rinda. Rossiyada turmalar va mahbuslar sonining o‘ta ko‘pligi bu yerda mahbuslar uchun qilinayotgan umumiy mablag‘ miqdorini oshirib yuborayapti. Rossiya bir yilda mahbuslar uchun umumiy 3.9 milliard dollar sarflamoqda. 2-o‘rinda Germaniya, bu yerda mahbuslar uchun bir yilda umumiy 3.1 milliard yevro sarflanadi. 3-o‘rinda Fransiya va Italiya. Ularning har biri mahbuslar uchun bir yilda umumiy 2.7 milliard yevrodan mablag‘ sarflashadi.