Rossiya samolyotlari Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshiradi

Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati AviationPros saytiga ma’lum qilgan.

Samolyotlar Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan Samarqandga dushanba kunlari parvoz qiladi.

Seshanba kunlari esa S7 Airlines havo kemalari Rossiya poytaxtiga qaytadi.

“Sayohatchilar sobiq sovet respublikalari, shu jumladan O‘zbekistonni noodatiy ekskursiya uchun manzil sifatida tez-tez tanlaydigan bo‘lishgan. Samarqand Moskvalik yo‘lovchilarga dunyoning eng qadimiy shahari sifatida qiziqarli bo‘lishi tayin”, deydi S7 Group direktori Igor Veretennikov.

Shuningdek, yo‘lovchilar Samarqand orqali transfer parvozlarini amalga oshira olishadi.