Rossiyada chet ellik talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi
- 11.02.2020 15:35
- 61
- Ta’lim
Rossiya Prezidenti chet ellik talabalarning ishga joylashishini soddalashtiruvchi qonunni imzoladi.
Ushbu qonun Rossiya universitetlarida kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi chet ellik talabalar uchun tegishli ruxsatnoma olmasdan ishlash imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda Rossiyadagi chet ellik talabalar faqat ta’til paytida hamda bo‘sh vaqtlarida ushbu ta’lim muassasalari hamda boshqa turli tashkilotlarda ishlash yoki xizmat ko‘rsatish huquqiga ega.
Bundan tashqari, chet ellik talabalar hujjatlarning qisqartirilgan ro‘yxati bo‘yicha va ushbu ruxsatnomani olish uchun kvotalarni hisobga olmasdan berilgan ruxsatnoma asosida ish topishi mumkin. Shuningdek, ish beruvchilar va buyurtmachilar chet ellik talabalarni jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lish majburiyatidan ozod qilingan.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 180 kundan keyin kuchga kiradi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa