Rossiyada Davlat Dumasiga saylovlar boshlandi

Axborot markazida Markaziy saylov komissiyasi (MSK) bu yil bo‘lib o‘tadigan saylovlar, jumladan Davlat Dumasi deputatlari sayloviga start berdi.

Uchastkalar ishi Uzoq Sharqning bir qator mintaqalarida Moskva vaqti bilan 23:00 da boshlandi.

“Biz juda hayajondamiz, chunki birinchi marta bunday keng ko‘lamli masofadan turib elektron ovoz berish, yangi videokuzatuv tizimini ishga tushirayapmiz. Umid qilamanki, barcha ishonchimizni oqlaydi va hammasi biz o‘ylagandek bo‘ladi”, dedi markaziy saylov komissiyasi raisi E.Pamfilova.

MSK qaroridan kelib chiqqan holda, Duma va boshqa saylovlarda yagona ovoz berish kunida – joriy yilning 17-19 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Davlat Dumasi aralash saylov tizimi bo‘yicha besh yillik muddatga saylanadi: 225 deputat partiya ro‘yxati bo‘yicha, yana 225 deputat bitta turda bir mandatli okruglardan saylanadi.

Davlat Dumasiga 14 partiya nomzodlarining federal ro‘yxati qayd etildi.