Rossiyada ishsiz yurgan O‘zbekiston fuqarolariga 600 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ish qidirayotgan yurdoshlarimizga murojaat qildi.

Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 600 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlariga fuqarolar taklif etiladi.

Moskva shahrida:

- ishlab chiqarish va ofislarni tozalash ishlariga – 2 kishi;

- tibbiy niqob tikish ishlariga – 10 kishi;

- g‘isht terish ishlariga – 8 kishi.

Moskva viloyatida:

- qadoqlash ishlariga – 20 kishi.

Sankt-Peterburg shahrida:

- tikuvchilik ishlariga – 5 kishi;

- haydovchilikka (taksi) – 50 kishi;

- super marketlarda ishchi – cheklanmagan.

Leningrad viloyatida:

- bino va tovarlarni qo‘riqlash hamda kunlik ishlarga – 10 kishi;

- qishloq xo‘jaligi va chorvachilik ishlariga – 10 kishi.

Kaliningrad viloyatida:

- kunlik ishlarga – 20 kishi.

Irkutsk viloyatida:

- avtomobil kuzovlarini ta’mirlash va kunlik ishchilar – 5 kishi;

- yog‘och kesish va kunlik ishlarga – 3 kishi;

- suvoq va g‘isht terish ishlariga – 20 kishi.

Ulan-Ude shahrida (Buryatiya):

- Beton qo‘yish va g‘isht terish ishlariga – 60 kishi.

Tatariston Respublikasida:

- haydovchilikka – 4 kishi.

Xanti-Mansiysk avtonom viloyatida:

- kunlik ishlarga – 10 kishi.

Kirov viloyatida:

- stanokda arralash va kunlik ishlarga – 10 kishi.

 Rostov-na-Donu shahrida:

- g‘isht terish va gipsokarton ishlariga – 10 kishi;

- tikuvchilik ishlariga – 5 kishi.

Tyumen shahrida:

- g‘isht terish va kunlik ishlarga – 10 kishi.

Yekaterinburg shahrida:

- g‘isht terish va beton qo‘yish ishlariga – 10 kishi.

Yaroslav viloyatida:

- qishloq xo‘jaligi va chorvachilik ishlariga – 100 kishi.

 Chelyabinsk shahrida:

- tovarlarni tashish va joylashtirish ishlariga – 5 kishi.

Samara shahrida:

- kunlik ishlarga – 20 kishi.

Krasnoyarsk shahrida:

- kunlik ishlarga – 2 kishi.

Boshqirdiston Respublikasida:

- yuk tashish va non yopish ishlariga – 10 kishi.

Belgorod viloyatida:

- hayvonlarni so‘yish ishlariga – 20 kishi;

- gazelektropayvandlash va santexnika ishlariga – 10 kishi;

- slesar, farroshlik va qurilish ishlariga – 5 kishi.

 Stariy Oskol shahrida:

- tokar – 10 kishi.

Volgograd viloyatida:

- elektropayvandlash ishlariga – 20 kishi;

- qurilish-montaj ishlariga – 10 kishi.

Ushbu hududlarda ishlash istagidagi fuqarolardan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari so‘raladi:

☎️ +998 71 202 33 55