Rossiyada migrantlarning vaqtincha bo‘lish muddati uzaytirildi
- 18.12.2020 09:59
- 76
- Xorij
Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2020 yil 15 dekabrdagi 791-sonli farmoniga ko‘ra, mehnat migrantlarining mamlakatda vaqtincha bo‘lib turish muddati 2021 yil 15 iyungacha uzaytirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2020 yil 18 apreldagi 274-sonli farmoni bilan joriy yil 15 iyungacha, 2020 yil 15 iyundagi 392-sonli farmoni bilan joriy yil 15 sentyabrgacha va 2020 yil 23 sentyabrdagi 580-sonli farmoni bilan joriy yil 15 dekabrgacha chet el fuqarolariga mamlakat hududida qonuniy bo‘lish huquqini beruvchi barcha hujjatlarning amal qilish muddati uzaytirilgan edi.
Ushbu tartib, Rossiya Federatsiyasi hududida 2020 yil 15 martgacha qonuniy bo‘lgan chet el fuqarolari uchun amal qiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa