Rossiyada OTMlarda qishki sessiya bekor qilinadimi?

Rossiya Ta’lim va fan vazirligi koronavirus sababli oliy ta’lim muassasalarida qishki sessiyani bekor qilishni rad etdi. Bu haqda vazirlik rahbari Valeriy Falkov «Komsomolskaya pravda» radiosi efirida aytib o‘tdi.

"Yana bir savol: u qanday o‘tadi?", dedi Falkov va savoliga ӯzi javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, OTMlar qishki sessiyani onlayn formatda o‘tkazishlari zarur.

Noyabr oyida Moskva va Sankt-Peterburgdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari koronavirus pandemiyasi sababli masofadan o‘qitishga o‘tkazildi. Bu chora-tadbirlar 2021 yil 6 fevralgacha davom etadi, deb taxmin qilinmoqda. Og‘ir epidemiologik vaziyatli hududlarda ham xuddi shunday qaror qabul qilindi.

Og‘ir epidemiologik vaziyat tufayli Rossiyaga kira olmaydigan chet ellik talabalar uchun byudjet joylari saqlanib qoladi, deya ta’kidlashmoqda vazirlikda.

O‘tgan kecha-kunduzda Rossiyada kasallanishning kunlik rekord ko‘rsatkichi - 29 039 ta yuqtirish kuzatildi. Shundan 457 kishi vafot etdi, 21 342 nafari sog‘ayganlar. Pandemiya boshidan buyon 2 460 770 kasallanish qayd etilgan bo‘lsa, sog‘ayganlar 1 937 738 nafarni tashkil etadi.