Rossiyada o‘zbeklar ikki haftadan buyon shifokorlarga osh tarqatmoqda

Rossiyaning Tomsk shahridagi o‘zbek diasporasi vakillari 50 kilolik qozonlarda ikki hafta davomida osh tayyorlab, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolayotgan shifokorlarga yetkazib bermoqda.

Mazkur tashabbusga 40 nafar ko‘ngilli jalb qilingan bo‘lib, 11 ta manzil bo‘yicha 1600 kishi uchun osh, salat va non tarqatilgan. Yana 2000 kishi uchun taom tarqatish rejalashtirilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xabar berishicha, xuddi shunday ezgu tashabbus Rossiyaning Omsk va Kemerovo shaharlaridagi o‘zbek diasporasi vakillari tomonidan ham amalga oshirilmoqda.