Rossiyada qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimizga yordam ko‘rsatildi
Yurtdoshimiz Sh.X. uch-to‘rt yildan buyon Rossiya Federatsiyasining Nyagan shahrida vaqtinchalik ishlab kelayotgan edi. Keyingi kunlarda salomatligini yo‘qotib, mablag‘siz qolib ketadi.
U noiloj Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg shahridagi vakolatxonasiga yordam so‘rab, murojaat qiladi.
Fuqaroning salkam 3 oydan buyon Nyagan shahridagi yog‘ochni qayta ishlash korxonasida ishlayotgani, ishlash jarayonida salomatligi yomonlashgani aniq bo‘lgan.
Yurtdoshimizga Rossiyadagi o‘zbek diasporasi faollari hamda vakolatxona tomonidan yordam ko‘rsatildi, deya xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.