Rossiyada sodir bo‘lgan avtobus va KAMAZ to‘qnashuvida 5 nafar o‘zbekistonlik jarohatlangani aytilmoqda

Nijniy Novgorod viloyatidagi shosseda avtobus va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi. Hodisa oqibatida 5 nafar yo‘lovchi jarohat olgan, ularning barchasi o‘zbekistonlik ekani aytilmoqda.

Hodisa kecha, kechqurun sodir bo‘lgan. "Hodisa oqibatida bir kishi (avtobus haydovchisi bo‘lishi mumkin) halok bo‘lgan. Qurbonlar soni aniqlanmoqda" deyiladi rasmiy xabarda.

Ichki ishlar vazirligining viloyat boshqarmasi YTHga uchragan avtobusda ishchilar bo‘lganini ma’lum qildi.