Rossiyadagi eng baxtsiz odamlar yashaydigan shaharlar ma’lum bo‘ldi

Rossiyada fuqarolarning o‘z hayotidan qanchalik mamnunligi ustida olib borilgan tadqiqotlar natijasi e’lon qilindi.

Yilning boshidan beri Rossiyada fuqarolarning o‘z hayotidan mamnunlik darajasi 80 foizdan, 73 foizgacha  tushib ketgan.

O‘z hayotidan mamnun bo‘lmagan insonlar ko‘proq Vladikavkaz, Xabarovsk, Voronej, Petrozavodsk, Yaroslavlda yashashadi.

Hayotidan mamnun yashayotganlar esa ko‘proq Vladivostok 87 foiz, Tomsk 86 foiz, Lipetsk va Orenburg 85 foiz, Cherepovets, Grozniy, Chita shaharlarida 84 foiz yashaydi va o‘zini baxtli hisoblaydi.

Tadqiqotlar Rossiyaning 78 shahrida o‘tkazildi va unda 250 ming odamdan fikr so‘ralgan.