Rossiyadagi muhojirlarimizga ish haqlari olib berildi

Shu yilning boshida Rossiya Federatsiyasida ish boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Vakolatxonasi noma’lum sabablarga ko‘ra fuqarolarimizga haq to‘lashni xohlamagan ish beruvchilardan 1 495 000 rubl miqdoridagi ish haqlarini olishga yordam berdi, deb xabar bermoqda Mehnat vazirligi.

— "ANT YaPI SANAYI VE TIDJARET ANONIM ShIRKETI" MChJ (Moskva) 300 000 rubl;

— "Vozrojdeniye" MChJ (Moskva) 700 000 rubl (dastlabki 100.000 miqdordagi to‘lov olingan);

— turli ish beruvchilardan 150 000 rubl;

— "Yevraziya" MChJ (Moskva) 345 000 rubl.

Vakolatxona manzili:

Moskva, Kazachiy 1-tor ko‘chasi, 11/2, Moskva shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi Mehmonlar uyi binosi.

Telefon: +8 (925) 045-47-44.

Rasmda Vakolatxona xodimi va yordam so‘rab murojaat qilgan Qashqadaryo viloyatining 26 yoshli fuqarosi Rustam Bobokalonov (ish beruvchi 7 oy mobaynida ish haqi to‘lamagan, Vakolatxonaga murojaat qilingandan so‘ng 300 000 rubl olingan).