Rossiyaga boruvchi o‘zbekistonlik sayyohlar soni ikki barobarga oshdi

Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistondan Rossiyaga sayyohlar oqimi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘paydi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida Rossiya Federatsiyasiga 195,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turizm maqsadida ketgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 101,6 ming nafarni tashkil etgan. O‘sish sur’ati 1,9 barobarni ko‘rsatmoqda.

1 oktyabr holatiga ko‘ra, 3,9 million o‘zbekistonlik xorijiy mamlakatlarga borgan. Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston yetakchi yo‘nalishlar qatoridan joy oldi. Rossiya beshinchi o‘rinda bo‘lib, Turkiyadan keyin o‘rinni egalladi.

Mart oyi boshida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari o‘rtasida sayyohlar oqimining o‘sishi uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha 20 ta chora-tadbir rejasi imzolangan edi. Bundan tashqari, ikki davlat talabalari uchun sayohatlar tashkil etish rejalashtirilgan.