Rossiyaga uchgan samolyot ortga majburiy qaytmoqda
- 24.02.2022 10:17
- 976
- Dolzarb

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Rostov viloyatidagi havo maydoni yo‘lovchi samolyotlarining qatnovlari uchun yopilganini ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan, 2022 yil 24 fevral kuni "Namangan – Krasnodar" yo‘nalishi bo‘yicha HY-9825 reysi Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytmoqda.
Bekor qilingan parvoz yo‘lovchilari aviachiptani bepul bronlash yoki to‘liq qiymatini qaytarib olish huquqiga ega ekani aytiladi.
“Uzbekistan Airways” AJ yo‘lovchilarni jadvaldagi har qanday o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilishi bildirilgan.
Teglar:
Uzbekistan Airways
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand