Rossiyaliklar qanday qilib ko‘paymoqchi?
Tez orada Ukraina va Belarus fuqarolari agar xohlashsa rossiyalikka aylanishlari mumkin. Bu haqda qonun loyihasi Davlat dumasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.
“Mir novostey” (2021 yil, 26-son) gazetasi xabar berishicha, qonun loyihasi “Repatriatsiya haqida” deb ataladi. Repatriatsiya – tarixiy vataniga qaytish degani. Bu haqda Inson huquqlari umumdeklaratsiyada qabul qilingan.
Agar ushbu qonun qabul qilinadigan bo‘lsa, SSSR qulagandan keyingi o‘n yillardagi eng muhim voqea bo‘ladi, deb ta’kidlaydi ekspertlar. Qo‘shni respublikalardan millionlab fuqarolar Rossiyaga yashash uchun ko‘chib kelishlari mumkin.
Tarixiy vataniga qaytuvchi sifatida Latviya, Germaniya, Polsha, Isroil, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarga ko‘chish mumkin. Qabul qiluvchi davlat muhojirlarni uy-joy bilan ta’minlashi, ijtimoiy muhofaza qilishi, teng huquq berishlari zarur.
Isroilda 70 yil avval qabul qilingan qaytish haqida qonun mavjud. Yevropada yashayotgan har bir fuqaro agar kelib chiqishi yahudiy bo‘lsa, Isroil qavmi ekanligini isbotlashi mumkin. Ikkinchi jahon urushi tufayli musofirlikka mahkum qilinganlar oz emas. Ular endilikda kindik qoni to‘kilgan yurtlariga qaytishmoqda. SSSR qulagandan keyin Germaniya Rossiyada, Qozog‘istonda yashovchi nemislarni qabul qildi. Polsha 2000 yilda qaytuvchilar haqida qonun qabul qildi. Ayrim davlatlar tarixiy yurtiga qaytayotgan biznesmenlarni soliqlardan ozod qilib, boshqa imtiyozlar yaratib qo‘llab-quvvatlamoqdalar.
T.Shomurodov tayyorladi.