Rossiyaning Chelyabinsk oblasti va Samarqandning yirik sayyohlik tashkilotlari vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘ldi

Ushbu tadbir Samarqand viloyati turizm va madaniy merosi bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulligi ko‘magida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Samarqand va Chelyabinskning sayyohlik salohiyati va kelgusida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida V2V muzokaralari o‘tkazilib, unda turli sayyohlik kompaniyalari ham kelgusida samarali hamkorlik qilish uchun aloqa almashdilar.

Bunday uchrashuvlarning o‘tkazilishi Samarqand brendini ommalashtirishga, shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan turizm oqimini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Samarqand viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi axborot xizmati.