Ruhiy kasalxonadan qochgan bemor ayol ushlandi
Milliy gvardiya xodimlari ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochib ketgan ayolni ushlab, muassasaga qaytardi.
Joriy yilning 27 may kuni taxminan tonggi soat 04:10 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Aqmang‘it blok-postida xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari A.Rauajov va F.Xalbayev maqsadsiz yurgan ayolni to‘xtatib, bunday vaqtda nima sababdan yurganligi so‘ralganda, ayolning o‘zini tutishidan ruhan sog‘lomligiga shubha qilinadi. Zudlik bilan profilaktika inspektori chaqirilib, vaziyatga oydinlik kiritiladi.
Ayol 1982 yilda tug‘ilgan U.A. ekanligi va ko‘p yillardan buyon davolanib kelayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochganligi aniqlangan.
Milliy gvardiya axborot xizmati xabariga ko‘ra, ayol kasalxonaga olib borib joylashtirilgan.