Sakkiz go‘dakni o‘limiga sabab bo‘lgan hamshira sud oldida javob berdi
Buyuk Britaniyada sakkiz go‘dakni o‘ldirishda gumon qilingan hamshira ustidan sud jarayoni boshlandi, deya xabar berdi Daily Mail. Gap shundaki, Lyusi Letbi Chesterdagi kasalxonaning yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limida bir yil davomida besh o‘g‘il va uch qizni o‘ldirishda ayblanmoqda.
Hamshira 2019 yilda hibsga olingan va shu vaqtdan buyon hibsda bo‘lgan. Tergov shuningdek, Letbini yana to‘qqiz go‘dakni o‘ldirishga urinishda ayblamoqda.
Ayol sud majlisiga Peterboro shahridagi qamoqxonadan videoaloqa orqali ulandi. Letbining sud jarayoni taxminiy ravishda 2022 yil 11 yanvarga belgilangan. Ish 17 may kuni qo‘shimcha sud majlisida takror ko‘rib chiqiladi.
Hamshira ishi bo‘yicha tergov 2017 yilda kasalxonada bolalar o‘limi soni ko‘payishi to‘g‘risida shikoyatdan so‘ng boshlandi. 2015 yil martidan 2016 yil iyuliga qadar «Grafinya Chester» klinikasida bolalar o‘limi keskin ravishda 10 foizga oshdi. Shifokorlar erta tug‘ilgan bolalar orasida yurak va o‘pka yetishmovchiligidan tez-tez o‘lim holati ro‘y berayotgani, ularni jonlantirishning iloji bo‘lmayotganiga e’tibor qaratishdi, deya xabar beradi Daily Mail.