Samarqand aeroportida madaniy boyliklarning olib chiqilishining oldi olindi
“Samarqand-Sankt-Peterburg” aviareysi orqali uchib ketayotgan fuqaro O.I.ning qo‘l sumkasida 2 dona 1860 va 1881 yillarda zarb qilingan tangalar hamda 1 dona XX asrning birinchi yarmiga tegishli qadimiy qoshiq borligi aniqlangan. Holat “Bojxonachisiz nazorat” tizimi asosida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan paytda fosh etilgan. Yo‘lovchi ushbu boyliklar haqida bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilmagan.
Holat yuzasidan bojxona xodimlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.
Hozirda ushbu ashyolar “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonaga topshirilgan, deya xabar beradi viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
Ma’lumot uchun, «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi qonun hamda «Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi nizom talablariga muvofiq, ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas,.