Samarqand davlat tibbiyot instituti xalqaro mustaqil ilmiy reytingda 3-o‘rinni egalladi
Samarqand davlat tibbiyot instituti Webometrics Ranking of World Universities reytingida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari ichida 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Ushbu reytingda O‘zbekistondagi 85 ta oliy o‘quv yurti saytlari orasida O‘zbekiston Milliy universiteti birinchi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali ikkinchi, Samarqand davlat tibbiyot instituti uchinchi o‘rinni band etib, mamlakatimizning eng namunali oliy o‘quv yurtlari qatoriga kirdi.
Global reytingda birinchi o‘rinni Garvard universiteti sayti egalladi. Ikkinchi o‘rinda Stenford universiteti, uchinchi o‘rinda esa Massachusets texnologik instituti qayd etilgan.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Webometrics xalqaro reyting tizimi (Webometrics Ranking of World Universities) Ispaniyada 2004 yil tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda dunyo miqyosida eng taniqli xalqaro mustaqil ilmiy reyting tizimi hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarining reyting natijalari, ilmiy ishlari, ilmiy maqolalari, veb-sayt sifati va boshqa mustaqil ko‘rsatkichlar orqali ekspertlar guruhi tomonidan belgilanadi.
1. O‘zbekiston Milliy universiteti.
2. Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali.
3. Samarqand davlat tibbiyot instituti.
4. Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti.
5. Toshkent davlat pedagogika universiteti.
6. Samarqand davlat universiteti.
7. Toshkent tibbiyot akademiyasi.
8. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
9. Buxoro davlat universiteti.
10. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Odilbek AHMEDOV.