Samarqand eng ko‘p qaysi davlatlardan mahsulot import qiladi?
Viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jasurbek Fayzullayev matbuot anjumanida shu va boshqa savollarga javob berdi.
Ta’kidlanganishicha, Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanuvi 2022 yil yanvar-iyul oylarida 1 mlrd 234,3 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu davriga nisbatan 326,9 mln. AQSh dollariga yoki 36 foizga ko‘paygan. Shundan,
eksport – 330,8 mln. AQSh dollari (27,0%),
import – 903,5 mln. AQSh dollarini (73,0%) tashkil etgan.
Importda xorij davlatlarining asosiy ulushi quyidagicha:
Rossiya Federatsiyasi - 27,8 foiz
Xitoy – 18,9 foiz
Qozog‘iston - 17 foiz
Turkiya - 10,8 foiz.
Shuningdek, o‘tgan 7 oyda 566 ta sub’yektlar tomonidan qiymati 145,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan texnologik uskunalar import qilingan bo‘lib, ularga bojxona to‘lovlaridan 185,3 mlrd. so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
“Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti orqali 2022 yilning o‘tgan davri davomida yo‘lovchilarning 99,1 foizi “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan bo‘lsa, qolgan 0,9 foiz yo‘lovchilar “qizil” yo‘lak orqali harakatlangan.
“Jartepa” chegara bojxona posti orqali esa kirishda 131 705 nafar, chiqishda 123 715 nafar, jami 255 420 nafar fuqarolar harakatlangan bo‘lib, kuniga o‘rtacha 1150-1250 nafar fuqaro bojxona ko‘rigi va rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan.
Shuningdek, post orqali jami 18 046 ta, shundan kirishda 8 496 ta, chiqishda esa 9 550 ta transport vositalari harakatlangan.
2022 yilning o‘tgan davri mobaynida “Xavfni boshqarish” tizimi orqali jami 33 392 ta elektron shaklda bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan.
Ilgari tadbirkorlarning barcha yuklari yoppasiga bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan bo‘lsa, hozirda eksportda 90 foiz va importda 73 foiz yuklar soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilmoqda.