Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi bu yil 390 nafar o‘quvchini qabul qiladi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyida o‘qish istagini bildirgan 710 nafar 9-sinf bitiruvchilari kecha 2019-2020 o‘quv yili uchun test sinovlaridan o‘tkazildi.

To‘rtta yo‘nalish bo‘yicha test topshirgan yigit-qizlar bugun diktant orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Joriy yilning 19 iyul kuni Yoshlarning to‘plagan ballari umumlashtirilib, e’lon qilinadi va ularning 390 nafari shu litseyda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Jumladan:

1.Aniq fanlar (texnik) yo‘nalishiga – 52 nafar;
2. Aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishiga – 182 nafar (26 nafari rus guruhiga);
3. Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishiga – 52 nafar;
4. Xorijiy fanlar yo‘nalishiga – 104 nafar (26 nafari rus guruhiga).