Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 1 apreldan masofaviy ta’lim joriy etiladi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2020 yil 1 apreldan boshlab talabalar uchun masofaviy ta’lim asosida o‘qishlar tashkil qilinmoqda.
Masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishni tashkil etish maqsadida kafedralar kesimida malakali dasturchi-muhandis, axborot texnologiyalari kompetentligiga ega malakali professor-o‘qituvchi va o‘quv-uslubiy bo‘lim hamkorligida ishchi guruhlar shaklllantirilgan bo‘lib, ular shu yo‘nalishda tashkiliy-amaliy ishlarni olib bormoqda.
Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida masofaviy ta’lim platformasi sifatida Moodle LMS va institut rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilmoqda. Tasdiqlangan reja-grafiklar asosida fanlarning elektron o‘quv resurslari ishlab chiqiladi hamda masofaviy ta’lim platformasiga joylashtirib boriladi.
Masofaviy faoliyat professor-o‘qituvchilar tomonidan maxsus reja va dastur, grafik asosida (uyida o‘tirgan holda) bajariladi.
Alisher ERNAZAROV,
“Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri.