Samarqand ko‘chasida joylashgan mebel do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi
- 17.12.2019 10:30
- 607
- Hodisa
Joriy yilning 15 dekabr kuni soat 06:15 da Toshkent viloyati Chinoz tumani, Samarqand ko‘chasida joylashgan “Ibrat” xususiy korxonasiga qarashli mebel do‘konida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.
Xabar asosida voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 3 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 06:56 da qurshab olinib, soat 07:03 da to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hodisa oqibatida do‘konning 100 kvadrat metr maydonida tomi, shifti ichki qismi va mebellari yongan. Alanganing qo‘shni do‘konlarga o‘tib ketishi oldi olingan.
FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.