Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi
- 17.04.2019 22:06
- 829
- Samarqand
Nodir Bahrillayevich Namozov Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi, deb xabar berdi davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.
Nodir Namozov 1978 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Samarqand moliya kollejini, 2005 yilda Toshkent moliya institutini, 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha moliyachi, soliqlar va soliqqa tortish, siyosatshunoslik mutaxassisliklariga ega.
U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasida davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Urgut tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.