Samarqand shahar hokimi avtobusda yuradi(mi?)

Samarqand viloyati hokimligining bugun o‘tkazilgan hokimlik soatida viloyatda aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash masalasi muhokama etildi. Viloyat hokimi E.Turdimov o‘rinbosari A.Shukurov, viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Qorjovov, viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i F.Shayzoqov hamda Samarqand shahar hokimi B.Obloqulov va uning o‘rinbosari R.Olimovga bir hafta davomida avtobus va taksida yurib, aholiga qanday transport xizmati ko‘rsatilayotganini o‘rganish vazifasini topshirdi.