Samarqand shahar hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari o‘zgardi

Shu paytgacha ushbu lavozimda ishlab kelgan Alimardon Rahmatullayev boshqa ishga o‘tishi muosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Uning o‘rnida Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi bosh mutaxassisi bo‘lgan Akbar Qodirov Xurramovich ish boshlagan.

1982 yilda Toyloq tumanida tug‘ilgan A.Qodirov Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini agronom, Samarqand davlat universitetini iqtisodiyot va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini jamiyat boshqaruvi, davlat boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.

Faoliyati davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyati kengashida turli vazifalarda, shu jumladan, kengash raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi bosh mutaxassisi bo‘lgan.