Samarqand shahri aholisi, tadbirkorlari Sardobaga insonparvarlik yordami jo‘natmoqda
- 03.05.2020 09:03
- 185
- Samarqand
«Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati Samarqand shahar markazida ayni paytda
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga shahar aholisidan keltirilgan insonparvarlik yordamini yig‘ib, sanitariya talablari asosida saranjomlash ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, markazga Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan "MEGA SEZON POYAFZAL" mas’uliyati cheklangan jamiyati 5 turdagi 3400 dona poyabzal, “Jomboy yashil chiroqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati 50 million so‘mlik oziq-ovqat, "SAM PARDA FEYZA ANTEP GILAM" mas’uliyati cheklangan jamiyati 285 dona turli hajmdagi gilam, "Sam Antep gilam" mas’uliyati cheklangan jamiyati 100 dona gilam va 530 dona ko‘rpa-yostiq, xususiy tadbirkor Damir Qosimov 50 million so‘mlik kiyim-kechak mahsulotlari, yana ko‘plab tadbirkor va mahalliy aholi tomonidan turli xil mahsulotlar yetkazib kelinyapti.