Markaziy harbiy okrug xizmatchilari sardobaliklarga yordam bermoqda
- 04.05.2020 11:32
- 213
- Fotoxabarlar

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ham sirdaryoliklarga ko‘mak berish maqsadida Sardoba tumaniga yetib keldi.
Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.
2 may kuni okrug qo‘mondonligi boshchiligida yetib kelgan 2000 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar Qo‘rg‘ontepa va Soflik mahallasida hududni tozalash, uylarni ta’mirlash, suv chiqarish, yo‘llarni ochish va boshqa yumushlarda yordam bermoqda. Okrug tasarrufidagi 200 ga yaqin harbiy texnika ofat oqibatlarini bartaraf etishda qo‘l kelmoqda.
Bundan tashqari, okrug radiatsion kimyoviy biologik muhofaza bo‘linmalari, psixolog hamda tibbiyot pukti xodimlari tomonidan aholi salomatligi tekshirilib, fuqarolar vaqtincha joylashgan joylar dezinfeksiya qilinmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda 6 oyda 42 ta bolalar bog‘chasi ishga tushdi
- 5 daqiqa avval
- Samarqand
Erkaklar orasida o‘z joniga qasd qilish to‘rt baravar ko‘proq
- 16 daqiqa avval
- Jamiyat
Korrupsiya - jamiyat tanasidagi saraton
- 2 soat avval
- Jamiyat
Kelajak bunyodkori bo‘lish – yuksak burchim
- 2 soat avval
- Samarqand