Samarqand shahri hududi kengaytiriladi, Surxondaryoda yangi tuman tashkil etiladi
- 30.11.2019 10:10
- 838
- Siyosat
Ayni paytda Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Unda ikkita viloyat hududlari bo‘yicha o‘zgartirish kiritish masalasi ham muhokama qilinadi. Ulardan biri Samarqand shahri hududining kengaytirilishidir. Buning uchun Samarqand tumani hududidagi 253,7 gektar yer maydoni viloyat markazi tarkibiga o‘tkazilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Surxondaryoda Bandixon tumanini qayta tiklanadi. Buning uchun Qiziriq tumani hududidagi 18 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari (umumiy yer maydoni 20,53 gektar) hamda Boysun tumanining Sayrob va G‘ayrat massivlari (umumiy yer maydoni 17,36 gektar) qayta tiklanayotgan Bandixon tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Saytimizni kuzatib boring, bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.
Teglar:
Senat
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Portalda madaniyat sohasi uchun yangi xizmat ochildi
- 41 daqiqa avval
- O‘zbekiston
Payariqda o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi
- Bugun, 09:20
- Samarqand
Yo‘qchilik va to‘qchilik orasi
- 05/07, 13:05
- Mutolaa
O‘xshash ko‘rinishga ega davlat bayroqlari
- 04/07, 21:00
- O'qing, qiziq!