Samarqand shahrida fuqaroni 700 dollar evaziga texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand shahar bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro O.S. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, uni Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.