Samarqand shahrida Koreya davlati standartlari asosida maktabgacha ta’lim muassasasi ochilishi rejalashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari  vazirligi, KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi), Ke Im Yung kollej universiteti va Samarqand kasb-hunarga o‘qitish markazi hamkorligida 2019-2022 yillarda “KOICA  PUBLIC-PRIVATE PARTNERShIP PROJECT” Samarqand kasb-hunarga o‘qitish markazining ta’lim salohiyatini mustahkamlash orqali Samarqand viloyatida ishchilar malakasini oshirish va ishga joylashtirishni kuchaytirish” loyihasi imzolangan edi.

Ushbu loyihaga asosan, Samarqand kasb-hunarga o‘qitish markazida Startap Inkubator markazi ochilmoqda. Ke Im Yung kollej universitetining bir guruh professor va ishchi xodimlari Samarqandga tashrif buyurib, Startap Inkubator markazi ochilishiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishib, Samarqand shahrida Koreya standartlari asosida maktabgacha ta’lim muassasasi ochishni ham rejalashtirmoqda.

Shu maqsadda universitetning bir guruh professor va ishchi xodimlari Samarqand shahridagi “Oltin bolalik” hamda “Intellekt” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.